Bahodir Jalolovning promouteri u bilan bog'liq rejalarini oshkor qildi

Bahodir Jalolov (12-0, 12KO) ning promouteri Lou DiBella professional bokschimiz may yoki iyun oyida ringga qaytishini ma’lum qildi.
Bahodir Jalolov 2022 yilda Kamil Sokolovskiy, Jek Mulovayi, Kyortis Harper kabi bokschilar bilan jang o’tkazib, barchasini muddatidan oldin mag’lub etdi.

DiBella esa 2023 yilda bokschimiz uchun jiddiyroq janglar tashkil qilib berishni reja qilgan.

«Men Jalolovni may yoki iyun oylarida top 10 bokschilariga qarshi jang o’tkazishini xohlayman. Ushbu yilda uni bir qancha janglar bilan ko’tarilishi istagidaman», – deydi Lou DiBella Secondsout media kanaliga bergan intervyusida.