Bahodir Jalolovning navbatda raqibi ma'lum bo'ldi

Iste’dodli bokschimiz, Olimpiya o’yinlari g’olibi va Jahon chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangini joriy yilning 15 oktyabrida Angliyaning Liverpul shahrida o’tkazadi. Bu haqda O’zA uning murabbiyi, boks bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi bosh treneri To’lqin Qilichevga tayanib xabar bergan.

U Bokschining treneri ushbu jangda hamyurtimizga argentinalik Ariel Esteban Brakamonte raqiblik qilishini bildirgan.

Mazkur jang tashkilotchisi «Probellum» promouterlik kompaniyasi vakili Sem Jonsning axborot vositalariga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Bahodir Jalolovga raqib sifatidan tanlangan yigirmadan ziyod og’ir vaznli bokschilar O’zbek bokschisi nomini eshitishi bilan unga ro’baro’ kelishni istashmagan.