Ayrimlar Krishtianuning Madridga qaytishini istaydi

«Real»ning sobiq to’purari meksikalik Ugo Sanches Krishtianu Ronalduni Madridga qaytishini istaydi. Portugaliyalik forvard 2009 yildan 2018 yilgacha Madrid klubida o’ynab, ko’plab rekordlarni yangiladi, ammo keyin klubni o’zgartirishga qaror qildi. Sanchesning fikricha, Ronaldu hali ham klub uchun foydali bo’lishi mumkin.

«Krishtianu Ronalduning Madridga qaytishini istayman. Lekin bu juda qiyin bo’ladi, chunki klubning boshqa ustuvor vazifalari bor. Ular faxriylar o’rnini bosadigan yangi avlod futbolchilariga yo’l berishmoqchi. Shuning uchun Ronalduni «Real»ga qaytishi qiyin bo’lsa kerak», – dedi Sanches Radio Marca bilan suhbatda.