«Atletiko» asta-sekin Krishtianu Ronaldu uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanib bormoqda. Transfer tashabbuskori shaxsan Diego Simeone.
Mutaxassis Ronalduning yana hattoki ikki mavsumni ham yuqori saviyada o’tkaza olishiga ishonmoqda. Simeone Ronalduni juda hurmat qiladi. Portugaliyalikning o’zi ham «Atletiko» taklifini qiziqish bilan ko’rib chiqadi.
Ayni damda Madrid klubining moliyaviy ahvoli muammo, xolos. FIFA qoidalarini buzmaslik uchun jamoa kamida 40 million yevroga futbolchi sotishi kerak. Qolaversa, ko’p narsa Ronalduning kelajakdagi maoshiga bog’liq.
Izohlarni ko`rish