Shu kunlarda «An-Nasr» klubi prezidenti Musalli Al-Muammar nomidan e’lon qilingan intervyu katta shov-shuv keltirib chiqardi. ArabiaNews50’da e’lon qilingan intervyuda jamoa rahbari quyidagilarni ta’kidlagani keltirilgandi:
«Hayotda meni 2 marta aldashgan. Birinchi marta 3 ta kabob keltirishlarini so’raganimda, ikkita olib kelishgan. Ikkinchisi esa Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaganimda».
Klub esa ushbu intervyuni inkor qilib chiqdi:
«Avvalo klub prezidenti hech kimga intervyu bermadi. Ikkinchidan, ArabiaNews50 nomli OAV mavjud emas. Kimningdir qo’pol hazili keskin shov-shuvni keltirib chiqardi».
Ronaldu hozircha ushbu voqeaga munosabat bildirmadi. «An-Nasr» rahbari Musalli al-Muammar esa kuni kecha iste’foga chiqishga qaror qildi. Bunga jamoaning so’nggi o’yinlardagi salbiy natijasini sabab qilib ko’rsatdi.