Alimardon Mahmudov Tver shahrida o’tgan short-trek bo’yicha “Yosh yuguruvchi” mintaqalararo musobaqasida 4 yo’nalishda g’alaba qozondi.
Mahmudov 222, 333, 500 va 2000 metr masofalarga kechgan bahsda o’z tengqurlari orasida (11 yosh) marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tdi va oltin medallarga sazovor bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, u sentyabr oyida Moskva viloyatida bo’lib o’tgan short-trek bo’yicha bolalar o’rtasidagi xalqaro turnirda uchta, noyabrda Yaroslavldagi musobaqada ikkita oltin medalni qo’lga kiritgan edi.
Izohlarni ko`rish