Abu-Dabida o'tkazilgan xalqaro festivalda shaxmatchilarimiz navbatdagi g'alabalarni qo'lga kiritdi

Abu-Dabi shahrida o’tkazilgan “28th Abu Dabi International Chess Festival” xalqaro festivalida xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboyeva 31 ta davlatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi-qizlar o’rtasida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Quvonarlisi, xuddi shu musobaqada 10 yoshli shaxmatchimiz Abdumajid Botiraliyev ham o’zining yosh toifasida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.