25 sentyabr kuni bo’lib o’tgan hisobot-saylov kongressida Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda O’FA xabar bermoqda.
Kongress raisi Xabibulla Mirzaxanovning ma’lum qilishicha, 45ta a’zo tashkilot O’FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42ta a’zo tashkilot esa O’FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan.
«Shu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o’z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman», – dedi Kongress raisi.
Izohlarni ko`rish