8-9 oktyabr kunlari Samarqandda triatlon bo'yicha Osiyo kubogi bo'lib o'tadi

Unda 30 davlatdan 70 dan ortiq sportchi ishtirok etishini tasdiqladi. Ular orasida Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari va xalqaro reyting yetakchilari ham bor.

O’zbekiston terma jamoasi 26 nafar sportchidan iborat.

Sportchilar 1500 metrga suzish, 40 kilometrga velosport va 10 kilometrga yugurish bo’yicha bellashadilar.

G’oliblarga pul mukofotlari topshiriladi. Birinchi o’rin – 750 ming $, ikkinchi – 400 ming $, uchinchi o’rin – 300 ming $.