Yaponiyadagi kundalik hayotning ijobiy va salbiy jihatlari haqidagi gap-so’zlar haddan tashqari ko’p. Agar kun kelib ushbu mamlakatga borishni istasangiz, o’lkaning o’ziga xos an’analari haqidagi kerakli ma’lumotlarni bilib olish sizga aslo zarar qilmaydi.
Bu yerlik odamlar bir-birlarining uyiga hech qachon mehmonga borishmaydi, ular vegetarianlikni mutlaqo tan olmaydilar va bu haqida avvaldan ogohlantirgan insonni ham go’sht bilan obdon siylashadi.
Demak bugun Yaponiyaning bizlar uchun mutlaqo noodatiy bo’lgan jihatlari haqida so’zlashamiz.
Yapon qizlari hech qachon sochlarini bo’yamaydilar
Bundan bir necha yillar avval ko’plab mamlakatlarda urfga kirgan turli rangdagi bo’yoqlar, sochga yaltiroq tus berish tushunchasi yapon qizlari uchun mutlaqo begona. Maktabda tahsil oladigan qizlarning soch rangi tabiiy bo’lishi talab etiladi. Agar qizning sochlari to’q qora rangda bo’lsa, bu o’zining tabiiy rangi ekanligini isbotlovchi dalil, misol uchun bolalikdagi suratini olib kelishi talab etiladi.
Yorqin pushti soch rangiga ega bo’lganlar esa – anime muxlislari bo’lishi mumkin xolos.
Bu yerda tanishlarni mehmonga chaqirish odati mavjud emas
Yaponiyada o’ta yaqin tanishlar, misol uchun do’stlarni ham hech qachon uyga mehmon sifatida chaqirmaydilar. Sababi ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi odamlar fe’l-atvori yetarlicha yopiq bo’ladi. Barcha uchrashuvlar jamoat joylarida belgilanadi. Yaponlar shunchaki zerikkani sababli birovning uyiga mehmonga borishmaydi: kimningdir uyiga tashrif buyurish uchun yetarlicha jiddiy sabab bo’lishi kerak.
Yaponlar hech qachon yurib ovqat yeyishmaydi
Yaponlar tanovul jarayoniga o’ta jiddiy yondashadilar. Shu sababli ham hech qachon mahalliy odamlarni ko’chada yurib ovqat yegan holatda uchratmaysiz. Ammo ichimliklarni maxsus avtomatlar yonida ichib olishlari mumkin. Jamoat transportlarida yegulik iste’mol qilish ham aqlga sig’maydigan holat sanaladi.
Tirbandlikda qolib ketgan mashinaning signal chalishi – surbetlik belgisidir
Tokio markazida yuzaga kelgan katta tirbandliklarda ham mashinalar signalini eshitishingiz dargumon. Fuqarolar tirbandlik holatlarida o’zlarini juda bosiqlik bilan tutishadi, boshqalarni bezovta qilishni istamaydilar ham.
Boshqa mamlakat haydovchilari tirbandlikda o’zlarining noroziliklarini signal orqali bildirsalar, yaponlar buni surbetlik belgisi deya qabul qilishadi.
Yaponiyada vegetarianlarni hech kim tushunmaydi
Mahalliy taomlarning hech biri vegetarianlar uchun mo’ljallanmagan. Yapon taomlarining barchasiga jonivorlar go’shti qo’shilgan bo’ladi. Hattoki oddiy ugra ham go’shtli bulyonga solib qaynatiladi. Shu sababli Yaponiyaga tashrif buyurgan vegetarianlar bu yerda och qolib ketishlari mumkin.
Barchaning ko’z o’ngida burun artish mumkin emas
Yaponiyada barchaning ko’z o’ngida burun artish – insonlarni tahqirlash bilang teng sanaladi. Kasallangan odamlar esa tibbiy niqob taqib yurishlari kerak bo’ladi.
Yaponlar haddan tashqari mehnatkash bo’ladilar
Kunchiqar mamlakat odamlarining hayoti juda shiddatli, ular odatiy ish kunidan keyin sevimli mashg’ulotlari, sport yoki sayohat bilan shug’ullana olmaydilar. Agar yaponlar haftasiga 60 soatdan ishlaydigan bo’lsalar dam olish uchun mutlaqo vaqtlari qolmaydi.
Ishda hamkasblarga yordam berish mumkin emas
Yaponiyada odamlar boshqa birovning vazifasini hech qachon bajarib qo’yishmaydi. Sababi aynan mana shu vazifa insonni jamiyatning to’laqonli a’zosiga aylantiradi. Agar pochta maktublarini taxlab qo’ysangiz yoki farroshning o’rniga chiqindi chelagini bo’shatishga qaror qilsangiz, o’sha inson bu ishingizni uning o’rnini egallash maqsadida amalga oshirilgan narsa degan hayolga boradi.
Yaponiyada chiqindi idishlaridan foydalanishmaydi
Tokio shahrida chiqindi idishlari deyarli yo’q bo’lib, insonlar chiqindilarni ko’cha chetlariga tashlab ketishadi. Ularni esa bu yerdan maxsus xizmat vakillari yig’ib oladilar. Bunga sabab 2000 yillarda chiqindi idishlariga ko’plab minalar tashlab ketilgani va teraktlar oqibatida ko’plab inson halok bo’lganlaridir.
Yaponiyada har qanday mayda narsa – ahamiyatga sazovor
Yaponlar jamiyatida bir muddatli nigoh ham katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ovozingiz birozgina o’zgarib qolsa ham «Ahvolingiz yaxshimi?» degan savolni eshitishingiz ehtimoldan holi emas. Ayol eriga o’z muhabbatini izhor qilish uchun unga maxsus resept asosida choy damlab berishi yoki uning uchun mevalarni ajoyib usulda bezatishi kerak.
Ayollarning asosiy vazifasi – uy-ro’zg’or ishlari
Mamlakatda patriarxat g’oyalari haddan tashqari kuchli. Buni rasmiy ravishda ta’kidlamasalar ham, ayollarning asosiy vazifasi – uy-ro’zg’or ishlari ekanligini ko’pchilikning tilidan eshitishingiz mumkin. Agar ayol ishlash va pul topishga qaror qilgan bo’lsa aynan shunday lavozimda ishlaydigan erkak hamkasbiga nisbatan kamroq pul olishga ko’nikishi kerak.
Yaponlar rahbarlari bilan ulfatchilik qilishadi
Ishdagi rahbar bilan barga borish va ulfatchilik qilish – Yaponiyada keng tarqalgan an’ana. Aytishlaricha, bu ishdagi aloqalarning ham yaxshilanishiga yordam berar emish. Rahbarlar o’z xodimlarini biror yerga taklif qilar ekan, ularning barchasini o’z cho’ntagidan mehmon qilishi kerak.
Yaponiyada qo’shimcha ishlaganlar ko’proq haq olishmaydi
Odatdagidan ko’proq ishlash qo’shimcha haq olishga sabab bo’lishi kerak, aslida. Ammo xodimlarning oyliklari ularning bir kunda necha soat ishlashlariga qarab emas, bu yerda qancha muddatdan beri ishlayotganiga qarab belgilanadi. Shu sababli ham ayrim makkor xodimlar bitta vazifani bir necha kunga cho’zib, o’zlarini o’ta band odamdek ko’rsatishadi.