XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

IKKINChI JAHON URUShI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ulug’ Vatan urushidan so’ng «G’alaba kuni» o’n yetti yil davomida bayram sifatida nishonlanmagan.

2. 1942 yil dekabr oyining o’zida frontdagi askarlar tarafidan jami besh million olti yuz to’qson bir litr aroq ichilgan.

3. Urushdan keyin SSSR tarkibida 127 million nafar fuqaro qolgan.

4. Ulug’ Vatan urushi tugagandan keyin ham SSSR va Germaniya armiyasi o’n yildan ortiq vaqt davomida jangovar holatda qoldirilgan.

5. Leningrad blokadasi 872 kun (8. 09. 1941 — 27. 01. 1944 yy) davom etgan.

6. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Ulug’ Vatan urushida sovet ofitserlarining 80 ming nafari ayollar bo’lgan.

7. Frontda jang qilgan ayollar uchta polkka bo’linib, ularni «Tungi jodugarlar» deb nomlashgan.

8. Nemislar Ukrainada jami 334 ta qishloqni yoqib yuborgan. Yoqishdan oldin qishloq ahli uylarga qamab qo’yilgan.

9. Urush paytida ayol snayperlarni tayyorlovchi maxsus maktab tashkil etilgan.

10. Urushdan so’ng sobiq sovetlar mamlakati bo’yicha 80 nafar ayolga sovet ittifoqi qahramoni unvoni berilgan.

11. «Berlinni olish operatsiyasi uchun» medaliga 1, 1 million nafar askar loyiq deb topilgan.

12. Urush davomida askar va ofitserlarga doimiy ravishda spirtli ichimlik berilgan. Stalin ichkilik to’g’risida shunday degandi: «Aroq ichishni xohlasang, frontga jo’na, front ortida pusib o’tirma!»

13. Urushda qahramonlik ko’rsatganlarning hammasi ham orden, medallar bilan taqdirlanmagan. Sababi, orden va medallarni zarb etishga jismonan ulgura olinmagan ekan. Shuning uchun to 1956 yilga qadar navbati bilan qahramonlarga orden, medallar tarqatilgan.

14. Medal yoki orden olish uchun qahramon askarning o’zi tegishli shaxslarga og’zaki murojaat etishi lozim bo’lgan ekan.

15. Ulug’ Vatan urushida 6 mingdan ziyod it ham faol ishtirok etgan.

16. Urush davomida sanitar itlar jang maydonidan 7 mingga yaqin yarador ofitser va askarlarni olib chiqqan. Sapyor itlar esa uch yuzga yaqin yirik shaharlarni minadan tozalagan. Sanitar itlar jang maydonidagi yarador hushidan ketgan bo’lsa, uning yuzini yalagan. To hushiga kelmaguncha yalashda davom etgan.

17. 1942 yil dekabr oyidan Germaniyada haftasiga bir marta «Nutq» deb nomlangan nemis gazetasi sof rus tilida chop etilgan.

18. Sobiq sovet askarlarining ovqatiga albatta narkotik qo’shib berilgan.

19. Nemis qo’shinlariga urush avvalida to’rt yuz mingga yaqin politsiyachi ko’ngilli sifatida kelib qo’shilgan. Ammo oradan ko’p o’tmay, ular sovet partizanlari safiga qochib o’tib ketgan.

20. Gitler xavfli dushman sifatida Stalinni emas, balki diktor Yuriy Levitanni tan olgan ekan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…