XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

MAGNIT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Magnit doimiy va elektrli turlarga bo’linadi. Elektrli magnit maydoni hosil etish uchun albatta elektr toki zarur bo’ladi.

2. Magnit qachon paydo bo’lgani haqida ma’lumot yo’q. Lekin bir qadimiy afsona yuradi. Emishki, Magnus ismli cho’pon bir kuni etiklari poshnalariga noma’lum metall yopishgani, u yerdagi boshqa metallarni o’ziga tortib olayotganini payqagan.

3. Xitoy tilida «magnit» so’zi «sevimli tosh» ma’nosini beradi. Chunki xitoyliklar magnitni bolasiga mehribon onaga mengzashadi.

4. Yozish mumkin bo’lgan magnitli taxta 2008 yili amerikalik talabalar tomonidan yaratilgan.

5. Atmosferada yuzaga keluvchi magnit bo’ronlari bir necha o’n kunlab davom etishi mumkin. Ular Quyoshdan otilib chiqadigan olov bilan birga tashqariga chiqadi. Agar magnit bo’roni juda kuchli bo’lsa, yer yuzidagi kompyuter tizimi, elektr va sun’iy yo’ldosh tizimini baravar ishdan chiqara oladi. Surunkali xastaliklar ham magnit bo’ronlari ta’sirida tez qo’zg’aladi.

6. Magnitning doimiy turlari ma’lum darajagacha issiqlik quvvati ta’sirida qaynoq holga kelgach, o’zidagi tortish kuchini yo’qotadi.

7. Yevropaga magnitni birinchi bo’lib savdogar Marko Polo olib kirgan.

8. Hozirgi kunda dunyodagi eng tezyurar poezdlar sifatida magnitli poezdlar e’tirof etiladi.

9. Hatto, qushlar ham magnit maydoni asosida qaysidir manzilni topa oladi.

10. Qachonlardir Marsda ham magnit maydoni bo’lgan. Tabiiy ofat tufayli uning yadrosi muzlab qolgan. Shuning oqibatida magnit maydoni ham g’oyib bo’lgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…