OQ QAYIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Oq qayinning eng metin turi bu Shmidt oq qayinidir. Uning tanasini bolta bilan chopib bo’laklay olmaysiz. Buning uchun maxsus uskuna talab etiladi.
2. Yer yuzida oq qayinning yuzlab turlari mavjud.
3. Oq qayinning mayda turi bor. Uning bo’yi 1, 5 metrgacha yetadi xolos.
4. Oq qayinning urug’i shu qadar mayda va yengilki, ularning 5000 donasini yig’ib taroziga qo’ysangiz, 1 grammgina vaznga egaligini ko’rasiz.
5. Oq qayinning urg’ochi va erkagi mavjud. Urg’ochining novdalari ikki yonga qarab o’ssa, erkaginiki faqat yuqoriga qarab o’sadi.
6. Oq qayin yonganda o’zidan qurum ajratmaydi.
7. Dunyoga mashhur Fabeerje tuxumi aynan oq qayin tanasidan yasalgan.
8. Yoshi ulug’ oq qayin bir kecha-kunduzda 4-5 litrgacha mazali va organizm uchun foydali sharbat hadya etadi.
9. Oq qayin Antarktidadan boshqa hamma yerda o’sadi.
10. Rossiyadagi oq qayinlar 190-200 yoshga yetganda, bo’yi 20 metrga teng bo’ladi. Ayrim oq qayinlar 400 yilgacha ham yashaydi. Ularning bo’yi qarigan chog’ida 40 metrni tashkil etadi.
11. Oq qayin beor daraxt. U botqoqlikda ham, toshloq yerlarda ham o’saveradi.
12. Rossiyadagi ko’plab qishloqlarda oq qayinning novdasini yem sifatida qoramollarga berishadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…