XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QALAMPIR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Qalampir barcha zamonlarda achchiq bo’lgan. Bu sifati evolyutsiya natijasidir.

2. Qalampir hayvonlarni qo’rqitadi va achchiq ta’sir qilmaydigan qushlarni o’ziga rom etadi. Qalampirning urug’i qush organizmi orqali o’tib ham maydalanmaydi.

3. Qalampirni birinchi bo’lib qadimiy asteklar va mayya qabilalari uy sharoitida yetishtira boshlashgan. Achchiq qalampirni tuz o’rnida, shirinini sabzavot o’rnida ishlatishgan.

4. Ba’zi ma’lumotlarda aytilishicha, qachonlardir hindu qabilalari qalampir sabab bo’lib dushman ustidan g’alaba qozongan ekan. Ular achchiq qalampirni yona boshlagan ko’mir ustiga tashlashgan. Shunda tutun chidab bo’lmas darajada achchiqlashib, yevropalik bosqinchilarning ko’zini ko’r qilgan.

5. Dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida «Chili» qalampiri tilga olinadi. Asteklar tilidan tarjima qilinganda, u «qizil» ma’nosini beradi.

6. Qizil qalampir tarkibida A, S va V vitaminlari, magniy, kaliy va temir moddalari mavjud. Hali pishmagan yashil qalampirda esa bu modda va vitaminlar juda kam bo’ladi.

7. Ayrim qalampir turlari shu qadar yoqimsiz achchiqlikka egaki, ularga qo’l tegsa jarohat yetadi. Yoki terini kuydiradi. Shuning uchun bunday qalampirlar bilan ish olib borganda qo’lqop kiyib olgan ma’qul.

8. Og’iz qalampir tufayli chidab bo’lmas darajada achigan payt suv emas, sut ichish kerak. Suv qalampir achchig’ini battar kuchaytiradi. Yogurt va limon ham achchiqni kesa oladi.

9. Ovqat haddan ziyod achchiq bo’lmasligi uchun qalampirning urug’ini va ichidagi bir qavat terisini olib tashlash lozim.

10. Kanareykalarning ayrim turlariga kayen qalampirini yedirishadi. Shunda ularning pati qizil tusga kirarkan.

11. Qalampirdan alohida damlama ham tayyorlashadi. U ishtahani ochish va ovqatni yaxshi hazm qilish uchun ichiladi.

12. Qizil achchiq qalampir saraton xastaligiga qarshi kurashda ham muhim ahamiyat kasb etarkan.

13. Atirgulrang qalampirni ko’p yeb bo’lmaydi. Uning tarkibida zahar bo’ladi.

14. Qalampir ham narkotiklar, kofe kabi odamni o’ziga o’rgatib olish qudratiga ega.

15. Ilgari achchiq qalampir oshqozon yarasi, gastritni keltirib chiqaradi deb o’ylashgan. Biroq olimlar o’z tadqiqotlari natijasida bu fikrlar noto’g’riligini isbotlashdi. Achchiq qalampir aksincha organizmdagi xavfli bakteriyalarni o’ldirarkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…