XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

TOVUS HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Tovus tovuqning yaqin qarindoshi hisoblanadi.

2. Tovus yer yuzidagi har qanday iqlimga ham tez moslasha oladi.

3. Dunyoda oddiy va yashil tovuslar mavjud. Ular orasida sezilarli darajada farq bor. Masalan, yashil tovusning oyoq va bo’yin qismi uzun. Jussasi ham yirikroq.

4. Tovuslar dunyodagi eng baqiroq qushlar sanaladi.

5. Tanasi uzunligi 100-125 santimetrga teng. Faqat dum va patlari tufayli bizga juda uzun ko’rinadi.

6. Oddiy tovus Hindiston va Eronning milliy ramzidir. Induizmda bu qush ilohiy hisoblanadi.

7. Tovusning erkagi 3-5 taga yaqin urg’ochi bilan birga hayot kechiradi.

8. Tovusning patlari uch yoshga yetganda to’liq o’sib ulguradi. Har bir patining uzunligi esa 2 metrgacha yetadi.

9. Tovus o’rtacha 20 yil umr ko’radi.

10. Bu qadar uzun va rang-barang patlar tovusning erkagidagina bo’ladi. Urg’ochisi hatto dumga ham ega emas.

11. Tovus juda ehtiyotkor qush. Uning holati o’zgarishiga qarab tabiiy ofatlar yaqinlashib kelayotganini ham aniqlasa bo’ladi.

12. Nasroniylar qadimda tovusni abadiy hayot timsoli deb bilishgan va shu sababli tovus ular tarafidan juda qadrlangan.

13. Tovusning ovozi qichqirganda u qadar yoqimli kechmaydi. Ko’pchilik bu ovozni mushuklar qichqirig’iga mengzaydi.

14. Tovus nafaqat patlarini yoygan holda millionlarning havasini keltiradi, kayfiyatini ko’taradi, balki a’lo darajada parvoz ham qila oladi. Ammo u kamdan-kam holatlarda samoga parvoz qiladi.

15. Agar xavf tug’ilsa, tovus darhol yon atrofidagi daraxt ustiga uchib chiqadi va to xavf yo’qolmaguncha jim o’tiradi.

16. Afrika tomonlarda tovuslarning nikoh mavsumi yomg’ir mavsumiga to’g’ri keladi. Shuning uchun afrikaliklar tovusni yomg’ir chaqiruvchi qush deb biladi.

17. Tibet monaxlarining aytishiga ko’ra, tovus go’shti immunitetni ko’taradi, ko’z xastaliklarini davolaydi.

18. Angliyadagi restoranlarning birida aynan tovus go’shtidan taom tayyorlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorlanadi

 

loading…