ShAKAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Yer yuzida yiliga o’rtacha 110. 000. 000 tonna shakar ishlab chiqariladi.
2. Shakar tuz kabi oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqsiz holatga kelishiga yo’l qo’ymaydi. U tabiiy konservant hisoblanadi.
3. Bananning yetilgan turi hali yetilib ulgurmaganiga nisbatan shirinroq bo’ladi. Chunki banan tarkibidagi kraxmal shakarga aylanadi.
4. Hindiston va Braziliyada ko’plab avtomobillar benzin o’rniga spirtga ishlaydi. Bu spirt esa lavlagi hamda shakarqamishdan tayyorlanadi. Bu yoqilg’i ekologik toza.
5. Shakar solinadigan bir martalik paketchalarni Nyu-Yorkdagi kafelardan biri egasi Benjamin Eyzenshtadt o’ylab topgan. Ammo paketlar uchun davlat patenti olishga ulgurmadi. Boshqalar bu g’oyani o’zlashtirib olishdi.
6. O’rta asrlarda Yevropada shakar dori sifatida qadrlangan va uni dorixonalarda sotishgan.
7. Bir necha yuz yillar oldin shakar juda qimmat turgan. U qimmatligi bois hashamat hisoblangan. Shakarni o’shanda faqat boyvachchalargina xarid qila olgan.
8. Shakar nafaqat oziq-ovqat mahsuloti sanaladi. Undan tamaki mahsulotlari, plastmassa kabilarni ishlab chiqarishda ham foydalanishadi.
9. O’simliklar ichida tarkibida eng shakar ko’pi arablar xurmosi hisoblanadi. Arab xurmosining 33 foiz qismi shakardan tashkil topadi.
10. Shakarqamishdan tayyorlangan shakar lavlagidan tayyorlanganiga qaraganda organizmga tezroq moslashadi.
11. Kvadrat shaklidagi qadoqlangan oq qand 19- asr o’rtalarida Chexiyada yaratilgan. Shu mamlakatda oq qandga maxsus yodgorlik ham o’rnatilgan.
12. Dunyo bo’yicha eng ko’p shakar iste’mol qiladiganlar braziliyaliklar hisoblanadi.
13. Shakarni me’yordan ortiq iste’mol qilish organizmda insulin ko’p ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladi. Bu holat qandli diabet, yoki saraton xastaligini chaqiradi.
14. Olimlarning tadqiqot natijalari shuni ko’rsatganki, shakarni me’yordan ko’p yeyish avloddan avlodga meros sifatida o’tarkan.
15. Shakarqamish poyasining bo’yi 7-9 metrgacha yetadi.
16. Shakar organizmga kelib tushgach, glyukoza va fruktozaga aylanadi. Odam tanasi jami energiyaning teng yarmini aynan shakardan oladi.
17. Dunyo bo’yicha hisoblaganda, bir odam yiliga o’rtacha 40 kilogramm shakar iste’mol qiladi.
18. Shakarni me’yordan ortiq iste’mol qilinganda, xotira susaya boradi. Miya qarishi tezlashadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…