15 mayga qadar WhatsApp’ning yangilangan shartlarini qabul qilmagan foydalanuvchilar messenjerdan foydalana olmaydi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Ularning hisob qaydnomasi «nofaol» lar ro’yxatiga kiritiladi. Faol bo’lmagan hisoblar 120 kundan keyin o’chirilishi mumkin.
WhatsApp yangilanishini yanvar oyida e’lon qilgandi.
Ko’pgina foydalanuvchilar orasida bu kompaniyaning asosiy hamkori Facebook bilan baham ko’rgan ma’lumotlarning hajmini o’zgartirishni rejalashtirayotganini anglatadi degan fikr paydo bo’ldi.
Keyinchalik bu yangilanish aslida to’lovlarni amalga oshirishga qaratilgan ekanligi aniqlandi.
Izohlarni ko`rish