Uzbekistan Airways Fransiyaning Parij shahriga muntazam qatnovlari uchun o’z eshiklarini ochadi, deya xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.
Joriy yil 26 avgustdan boshlab yana Uzbekistan Airways bilan haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari Parijga sayohat qilishingiz mumkin.
Toshkent – Parij yo’nalishi bo’yicha aviachipta narxi 4 038 862 so’mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so’mdan (bagaj bilan), Toshkent – Parij – Toshkent yo’nalishi bo’yicha esa 7 582 047 so’mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so’mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Eslatib o’tamiz, bundan oldin 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha haftada ikki marta: seshanba va juma kunlari Parijga aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. Oradan qariyb 2 oy o’tib bu qatnovlar yana tiklanmoqda.