O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bevasi, sobiq birinchi xonim Tatyana Akbarovna Karimova yangi 2025 yilni nevaralari Maryam Tillyayeva va Imon Karimova bilan nishonladi. Buni Maryam Tillyayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Yoshingiz ulg‘aygan sari Yangi yilni oilangiz bilan nishonlash qanchalik muhimligini tushunasiz. Tanishlar, shovqinli kompaniyalar hammasi o‘tkinchi”, deb yozadi Tillyayeva.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan kadrlardan ko‘rinadiki, Yangi yilning ilk kunida, ya’ni 1 yanvarda Tatyana Karimova nabiralari bilan Abu-Dabida mashhur italiyalik qo‘shiqchi Andrea Bochellining konsertida bo‘lishgan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva esa 1 yanvarda Parijda edi.