Tabiat va tarixning ajoyib uyg'unligi, pahlavonlar diyori – Aydin

 

 

Mo»tadil iqlim sharoiti va unumdor yerlari bilan “madaniyatlar vodiysi” deb atalgan Buyuk Menderes havzasi tarixning har bir davrida jadal madaniy taraqqiyotga guvoh bo’lgan. Aydinning bu madaniy jarayonda muhim o’rni bor. Shahardan topilgan sopol topilmalarga ko’ra, turar-joy tarixi miloddan avvalgi 4500 yilga to’g’ri keladi. Aydin haqidagi ilk tarixiy ma’lumotlar Xet manbalarida uchraydi.

Aydin zamonaviy shahar bo’lish bilan bir vaqtda, madaniy va tabiiy boyliklari bilan ochiq osmon ostidagi muzeyga qiyoslanadi. O’zining joylashuvi tufayli tarix davomida ko’plab sivilizatsiyalarni o’z ichiga olgan va o’tmishdan hozirgi kungacha qadimgi davr izlarini ko’rishingiz mumkin bo’lgan muhim turizm shaharlaridan biridir. Ajoyib tabiati va dengizi madaniy va arxeologik qadriyatlar bilan uyg’unlashgan Aydin, Egey mintaqasida ko’rish kerak bo’lgan noyob turizm shaharlaridan biri sanaladi.

Kushadasi

Nomi portning kiraverishidagi Guverjin (kabutar) orolidan olingan tuman, Turkiyaning muhim turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Aydindan 71 km uzoqlikda joylashgan shahar Efes, Bibi Maryam, Milet, Didim, Pamukkale, Marmaris va Bodrum kabi muhim turistik manzillarning markazida joylashgan. U o’zining kema porti, ko’plab sohillari, tabiat bilan o’ralgan lager hududlari va ko’ngilochar maskanlari bilan rang-barang va jonli dam olish tajribasini taklif etadi.

Guverjinada qal’asi

Kushadasiga o’z nomini bergan Guverjin orolidagi qal’a tabiiy tepalik ustiga tosh va g’isht mahsulotlaridan qurilgan bo’lib, portni himoya qiluvchi Kushadasi ko’rfazining yonginasida joylashgan. Tarixning mashhur sayohatchilaridan biri Avliyo Chalabiy 1671 yili Kushadasiga safar qilgan va o’zining «Sayohatnoma» kitobida har yili 100 ming qush kelib, Guverjinada qal’asini ziyorat qilganini va buning sehrlangan orol ekanligini yozgan.

Afrodiziyalar

YuNESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan bu qadimiy shahar, birinchi Rim imperatori Avgust «Onado’lidagi eng sevimli shahrim» deya ta’rif bergan shahardir. Marmar konlariga yaqinligi tufayli deyarli butun shahar marmardan qurilgan hamda shahar haykaltaroshlik ishlab chiqarish markazi va maktabiga aylangan. Tabiat bilan uyg’unlikda qurilgan shahar markazida jamoat binolari, Afrodita ibodatxonasi, hovuzli agora, teatr va bugungi kunda ham foydalanish mumkin bo’lgan 35 000 kishilik yaxshi saqlanib qolgan stadioni bilan sayyohlarni arxeologik «ziyofat» ga taqdim etadi.

Alabanda qadimiy shahar

Alabanda nomi kariya tilidagi Ala (ot) va banda (poyga) ma’nosini bildiruvchi so’zlardan olingan deb taxmin qilinadi. Vizantiya tarixchisi Stefanosning yozishicha, Qirol Karning o’g’li Alabandos ot poygasida g’olib chiqqani uchun shahar Alabanda nomini olgan.
Alabanda Qadimiy Shahri

Shaffof suvli “Moviy bayroq”li sohillar

Dengiz turizmi uch fasl davomida qizg’in bo’lgan, 148 km uzunlikdagi qirg’oq chizig’i, moviy dengiz va tengsiz ko’rfazlarga ega bo’lgan Aydin, Kushadasi va Didim tumanlarida moviy bayroqli sertifikatlangan sohillari bilan ajralib turadi. Aydinning Pigale, Guzelchamli, Yavansu va Aslanburnu sohillari, Kadinlar denizi, Sevgi, Guverjinada, Altınkum, Akbuk va Tavshanburnu sohili kabi jami 35 ta “Moviy bayroqli” sohillari mavjud bo’lib, ular mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortib kelmoqda.

Arpaz qal’asi

Nazilli tumanida joylashgan qal’a 18-asr Usmonli davri inshootidir. Ayrim manbalarda bu joyning nomi Arpaz minorasi sifatida ham tilga olingan. U 19-asrning boshlarida Akchaygacha bo’lgan ekin maydonlarini o’z ichiga olgan yirik fermer xo’jaligining egalari Arpaz Beylar tomonidan qurilgan. Biroq, 17-18-asrlarga oid Usmonli davri xarobalari mavjudligi binoning avvalroq qurilganligini va keyinchalik ta’mirlanganligini ko’rsatadi. Arpaz qal’asi o’zining beklar saroyi, qo’riqlash minorasi, ombori, otxonalari va yordamchi binolari bilan kichik qasrni eslatadi.