Dehqon mayda-chuyda qilib o’tirmadi. Bo’lsa, bo’ladigan bo’lsin-da! Nima u, eng kattasi tuxumdaygina bo’libdi. Shuyam gapmi? Rekord! Rekord bo’lishi kerak! Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kerak! Shunda odamlar “O’-o’-o’-o’!” deyishadi. Bahonada zo’r pulli ham bo’lib qolasan. Buni, baribir, birov yemaydi. Chunki turgan-bitgani zahar-da. Axir uni buncha katta qilish uchun dehqon baraka topgur ozmuncha kimyoviy modda ishlatdimi?!
Izohlarni ko`rish