Kelayotgan hafta oxirlariga borib, sovuq antitsiklon chet qismi O’zbekistonga chuqurroq kirib kelishi va joylarda haroratni sezilarli sovitishi kutilmoqda.
O’zgidromet prognozlarida 30 noyabrdan boshlab shimolda harorat -8 darajagacha pasayishi aytilgan. Yuqoridagi kartada 1 dekabr kuni kunduzgi 11.00 muddatda respublikaning shimoliy va Navoiy viloyati hududlarida -6 -8 daraja sovuq bo’lishi ko’rsatilgan.
2 dekabr kunidan boshlab antitsiklon chetki qismi respublikaning janubi va sharqi tomon harakatlanib, ko’plab viloyatlarda haroratni sezilarli pasayishiga olib keladi. Mana shu davrdan boshlab, nam havo oqimlari oxirgi bosqichidan respublika katta qismida qor yog’ishini kuzatish mumkin. Vaziyatni kuzatamiz.
Izohlarni ko`rish