Nega qo'l telefonda suhbat qurayotganda yurib gaplashamiz?

Bugungi kunda qo’l telefonlaridan foydalanmaydigan insonning o’zi bo’lmasa kerak. Har kuni millionlab inson nafaqat messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda, balki uyali telefonlar orqali ham suhbat qurishadi. Yo’q, men telefonda suhbat qurishni yoqtirmayman, degan taqdiringizda ham bir kunda bir marotaba bo’lsa ham telefon orqali suhbatni amalga oshirasiz. Bu xoh ish bilan bog’liq, xoh yaqinlaringiz bilan oddiy suhbat bo’lsin.

Endi diqqatingizni jamlang! O’ylab ko’ring, siz qay tarzda telefon orqali suhbat qurasiz? Masalan, kimdir bir joyda turib, o’tirib, yotib yoki bo’lmasa, yurib gaplashadi. Qay biri sizga qulay? Lekin nima uchun bunday holat sodir bo’ladi?

Qachon bir-birimizga qo’ng’iroq qilishni boshladik?

Internet va telefon aloqalarisiz tinchlikda yashashni xohlarmidingiz? Umuman olganda inson tarixining ko’p qismida odamlar shu tarzda yashaganlari rost. Bu haqda bir o’ylab ko’ring: qorong’i kechalar, sham yorug’i, patli qalamlar orqali turli yoshdagi odamlar har bir so’zni o’ylab, bir-biriga xat yozganlar va insonlar bundan mamnun yashaganlar. Eng muhimi u paytdagi xotirjamlik, bir-birini tushunish yuqori darajada bo’lgan. Sababi ham aniq – har bir aytilgan, yozilgan so’zlar o’ylab, fikr yuritib aytilgan va yozilgan. Bugungi kunda esa jarayon juda tez, odamlar qayyoqqadir shoshadi, go’yoki o’ylashga, fikr yuritishga vaqtlari yo’qdek. Natijada turli ziddiyatlar, tortishuvlar, anglashmovchiliklar va boshqa muammolar kelib chiqadi. Bu ayni haqiqat, ammo biz mavzuga qaytamiz. Nega insonlarning ko’p qismi telefonda aynan yurib gaplashadilar?

1837 yildan ko’p narsa o’zgardi – birinchi telegraf paydo bo’ldi. Endi ma’lumot masofadan uzatilishi mumkin edi. Ammo haqiqiy inqilob birozdan keyin, 1876 yilda sodir bo’ldi. Amerika Qo’shma Shtatlari fuqarosi Aleksandr Bell o’zining ixtirosini — telefonni yaratdi va uni patentladi.

Nega qo'l telefonda suhbat qurayotganda yurib gaplashamiz?

Avvaliga u 200 metr uzoqlikdagi masofada ishlagan, ammo Bell o’zining ixtirosini doimiy ravishda takomillashtirishni to’xtatmadi, davom ettirdi. 1877 yilga kelib uning sa’y-harakatlari zoe ketmadi. Telefon takomillashtirildi va butun dunyoga shov-shuv bo’ldi. Navbatdagi o’zgarishni amalga oshirish uchun esa 100 yil kerak bo’ldi.

Biroq bu hikoyaning eng qiziqarli jihati shundaki, Bell telefonni tasodifan ixtiro qildi. Aslida, olim bir vaqtning o’zida 5 ta telegrammani yuborishni xohlagan. Ish jarayonida Bell elektromagnit ustida ishlab, bir nechta nozik metall plastinkani o’rnatdi. Huddi shu plastinkalar telegrammalarni uzatuvchi qurilmasiga o’rnatildi. Turli chastotalarning oqimi ularni tebranishga majbur qildi. Bellning telefonidagi yozuvlar turli uzunliklarga ega bo’lib, faqat ma’lum bir chastotada tebrana boshladi. Shunday qilib, qaysidir vaqtda plastinkalardan biri safdan chiqib ketdi. Bu Bellning hamkasbini juda g’azablantirdi va u bor ovozi bilan qichqira ketdi. O’sha paytda, Aleksandr Bell apparat oldida edi va to’satdan hamkasbining ovozini eshitadi.

Keyingi “telefon inqilobi” 1947 yilda “Bell Laboratories” mobil telefon yaratish g’oyasini ilgari surganidan so’ng sodir bo’ldi. Asosiy farq shundaki, kompaniya fikriga ko’ra, telefon mashinada joylashgan bo’lishi kerak edi. O’sha yillarda telefon qurilmasining vazni 30 kg ga teng bo’lib va u elektr ta’minotisiz edi. 1970 yilga kelibgina uning og’irligi 14 kg ga yetdi. Sizchi, birinchi mobil telefoningizni eslay olasizmi?

Nega qo'l telefonda suhbat qurayotganda yurib gaplashamiz?

Mobil telefonda gaplashayotganda nima uchun yuramiz?

Shunday qilib, telefonning qachon va qanday paydo bo’lganini bilib oldik, endi asosiy savolga javob bera olamiz — nima uchun mobil telefonda gaplashganimizda yuramiz? Aslida, hamma ham bunday qilmaydi.

Deylik, aksariyat odamlar o’tirgan holatda suhbatni amalga oshirsa, yana boshqalar yurgan holatda. Ya’ni, hamma turli holatda suhbat quradi. Lekin insonlarning juda ko’p qismi aynan telefonda yurib suhbat qurishlari kuzatildi. Agar bu siz haqingizda bo’lsa, ana shu tarzda davom eting va hech kimga e’tibor bermang. Olimlarning fikriga ko’ra, bu yechim yuzma-yuz suhbat davomida miya imo-ishoralar, his-tuyg’ular, ovoz va so’zlarni birlashtiradi. Ya’ni, suhbatdosh oldimizda bo’lsa, miya fikr-mulohaza qiladi. Shu bilan birga, harakat uchun mas’ul bo’lgan miya sohalari faol bo’ladi.

Shunday qilib, miya suhbatdoshning yo’qligini to’ldiradi, hissiy reaksiyalarni harakatga keltiradi. Agar sizning hamkasbingiz telefon orqali suhbat chog’ida tursa va yurishni boshlasa, u buni o’z xohishiga ko’ra qilmaydi. Shunday qilib, uning (yoki sizning) miyasi yaqin bo’lmagan odamning ovoziga javob beradi.

Va yana bir narsa: bunga qarshi kurashmang — tadqiqot natijalariga ko’ra, bunday yurishlarda odatdagi mashqlarni bajarishdan ko’ra ko’proq kaloriya bor.

Ho’sh, siz suhbatni qay holatda amalga oshirasiz?