LAYLAK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Hamma laylaklar ham beozor emas. Masalan, Afrikada umrguzaronlik qiluvchi «marabu» laylaklari hujumkor va mahluqsifat tabiatga ega.

2. Laylaklar nafaqat qumursqa va qurbaqa, balki, zaharli ilonlar bilan ham oziqlanadi.

3. Oq laylak inining diametri bir yarim metr, vazni esa 200-250 kilogrammgacha bo’ladi.

4. Hali oila qurmagan erkak laylak birinchi bo’lib qaysi urg’ochi iniga uchib kelib qo’nsa, o’shani umr yo’ldoshi sifatida tanlaydi.

5. Erkak va urg’ochi laylak navbati bilan tuxum bosadi. Urg’ochi kechasi, erkagi kunduzi bu amalni ado etadi.

6. Zaif va xasta bolalarini laylak shafqatsizlarcha inidan pastga irg’itadi.

7. Laylak poloponlari ikki oylikdan uchishni mashq qila boshlashadi.

8. Yaponiya dunyodagi laylak ovlash taqiqlangan yagona mamlakatdir.

9. Laylak qanot yoyganda, ularning hajmi ikki metrni tashkil etadi.

10. Issiq mamlakatlarga uchish jarayonida laylaklar o’n ming kilometrgacha yo’l bosadi.

11. Laylak tik turgan holda bir oyoqda uxlaydi. Oyoqlarini uyqudan uyg’onmagan holda almashtiradi.

12. Laylakning yagona kushandasi burgutlardir.

13. Qora laylaklar odamlardan uzoqda yashashni ma’qul ko’radi. Oq laylak esa aksincha odamlar tomon talpinadi.

14. Laylaklar bir-biri bilan tovushsiz, ship-shipga o’xshash ishoralar yordamida tillashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi