Tadbirda xohlovchilar milliy liboslar va o’zbek tilidagi kitoblar bilan tanishish, milliy taomlardan tatib ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Mamlakatimizning Afg’onistondagi elchisi Yadgarxo’ja Shadmanov O’zbekiston Balx, Jauzjon, Faryob, Saripul, Qunduz viloyatlaridagi oliy o’quv yurtlari talabalari va o’zbek tili o’qituvchilari bilan aloqa o’rnatib, ularga o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha kitoblar tarqatishda har tomonlama yordam berayotganini alohida ta’kidladi.
Eslatib o’tamiz, Afg’onistonda O’zbek tili kuni mamlakatning rasmiy bayrami hisoblanadi. O’zbeklar soni bo’yicha to’rtinchi o’rinda turadi, ularning soni 2 milliondan oshadi.
Izohlarni ko`rish