«Kalmar o'yini»ning bosh qahramoni «Qog'oz bino» serialining koreyscha talqinida rol ijro etadi

Serial 2020 yilning noyabr oyida katta ekranlarga chiqishi kerak edi
Juda qisqa muddat ichida ulkan muvaffaqqiyat keltirgan «Kalmar o’yini» serialining bosh qahramonlaridan biri Pak Xe-Su «Netflix» muallifligidagi yangi serial «Qog’oz bino»ning koreyscha talqinida suratga tushadi.

«Qog’oz bino» seriali 2020 yilning noyabr oyida katta ekranlarga chiqishi kerak edi, biroq noma’lum sabablarga ko’ra serial namoyish etilmagan. Serialning «Netflix» dagi talqini kriminalistik janrda suratga olingan va 5 mavsum, 43 qismdan iborat. Uning davomiyligi «Antenna 3»da 77 daqiqa, «Netflix»da esa 40 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi.

Ma’lumot uchun, aktyor «Kalmar o’yini» serialidan tashqari «Moviy dengiz afsonasi» , «Qamoqdagi hayot» , «Qo’riqlash vaqti» kabi kinofilm va seriallarda rol ijro etgan. Biroq koreyalik aktyor Pak Xe-Suga hech bir ijrosi «Kalmar o’yini» serialidagi roli kabi omad keltirmagan. U kino aktyorik sohasida bir qancha xalqaro mukofotlarga sazozvor bo’lgan.