JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Peruda maysadan bunyod etilgan osma ko’prik bor. U Kanas viloyatida qishloqlarni bir-biri bilan bog’lash uchun qadimiy ink qabilalari tarafidan qurilgan. Bu yer odamlari har yili iyun oyida ko’prik maysasini yangilashadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. Janubiy Koreyada hatto bomjlar ham qimmatbaho smartfonga ega.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Gollandiyada fohishalik qonunlashtirilgan. Ammo suyuqoyoqlar to’laydigan soliq miqdori oddiy fuqarolarnikidan yuz barobar ko’proqni tashkil etadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Yaponiyada axlat borki albatta qayta ishlanadi. Shuning uchun yaponiyaliklar axlatni to’rtta turga bo’lib chiqishgan. Har bir axlat turini olib chiqib ketish uchun alohida kun belgilangan. Xudo ko’rsatmasin, axlatning qaysidir turini boshqa kuni olib chiqsangiz, baloga qolasiz. Sizni mutasaddilar juda katta miqdordagi jarimaga tortishadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. 1981 yili Xitoyda maxsus qonun qabul qilingan. Bunga ko’ra, 11 yoshga to’lgan bolalar har yili belgilangan manzilda bittadan daraxt o’tqazishi shart.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Kanadadagi Cherchill shahri aholisi ko’chaga mashinasini qo’yib uyga kirib ketayotganda, qulflamaydi. Ular ko’chada yurganlardan kimdir oq ayiq ta’qibiga uchrasa, mashina saloniga berkinib jon saqlashi uchun shunday yo’l tutishadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. 1 aprel — Xalqaro kulgi kuni Fransiyada o’ylab topilgan. Tamaki mahsulotlari fabrikasi ham ilk bor 1559 yili shu mamlakatda bunyod etilgan. Darvoqe, yangi yil archasini bezatish g’oyasi ham aynan fransuzlarga tegishli ekan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Filippinliklarning sevimli taomi nomi «Balut» deb ataladi. Bu o’rdakning palag’da tuxumi bo’lib, oldin tuxumni qaynatib pishirishadi. So’ngra birinchi navbatda ichidagi suyuqlikni ichib, ketidan o’lik jo’jani tuzga botirib yeyishadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Shri-Lankada do’konga kirib mineral suv sotib olsangiz, uni muzlatkichda sovitib berishlari uchun alohida pul to’lashingiz kerak.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. Shvetsiyada qiz bola turmushga chiqish uchun oldin homilador bo’lishi shart. Aks holda cherkovda nikoh o’qishmaydi. Ikki yosh rasman ZAGS dan ham o’ta olmaydi. Bu odatni ular qiz bola kelgusida o’zidan yangi avlod qoldirishga shay ekanini isbotlashi uchun o’ylab topishgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

Olimjon HAYIT