Rumeli mayog’i qal’asi XVIII asrda Istanbulning yunonlar istiqomat qilgan shimoliy qismida yunon me’morlari tomonidan bilan qurilgan bo’lib, Qrim urushi paytida Fransiya va Britaniya kemalarining Bosforga kirishini kuzatish uchun qurilgan dengiz mayog’i hisoblanadi.
Dengiz sathidan 58 metr yuksaklikda 30 metr balandlikda qurilgan Rumeli mayog’i avvallari kerosin bilan yoritilgan.
Rumeli mayog’i qal’asi o’zining maftunkor tarixiy tuzilishi va ajoyib manzarasi bilan sayyohlarni o’ziga maftun qiladi. Qal’a o’zining nihoyatda kattaligi va 4 tomoni o’ziga xos dengiz manzarasini qamrab olganligi bilan ajralib turadi.
Imkoniyatingiz bo’lsa, bu yerga shaxsiy avtomobilingiz bilan borishingizni tavsiya qilamiz. Shunda siz, Rumeli dengiz mayog’ini, Garipche qishlog’ini va Garipche qal’asini yaqindan tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.
Bosforning Qoradengiz tomonining eng chekka nuqtasi bo’lgan Sarierda joylashgan Rumeli mayog’i qal’asi tarixi Genuyalarga borib taqaladi.
Usmoniylar imperiyasida Murat IV davrida qayta tiklangan va shaharni himoya qilishda katta rol o’ynagan qal’ada ikkita qo’riqchi minorasi bo’lgan. Bo’g’ozning kiraverishida chet el kemasi ko’rinsa, qal’a qo’riqchilari boshqa qal’adagi qo’riqchilarga xabar berishgan va mudofaa choralarini ko’rish uchun ishora berishgan.
Qal’a, Usmoniylar imperiyasidan keyin Respublika davrida 1950-1960 yillargacha mudofaa maqsadida foydalanilgan.
Kunimizga kelib, Rumeli qal’asi muzey va ochiq osmon ostidagi teatr sifatida faoliyat olib bormoqda. Qal’ada ochiq havoda turli ko’rgazmalar o’tkaziladi. Qal’a, yoz oylarida konsertlar o’tkaziladigan joy sifatida ham tanilgan.
Ammo, so’nggi yillarda Istanbul ma’muriy sudining qaroriga muvofiq, bu yerda o’tkaziladigan konsert va tomoshalar qal’aga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin deb topilgach, bu yerda konsertlar tashkil qilish qonun bilan taqiqlandi.