Noto’g’ri rejalashtirish, ijtimoiy tarmoqlar va shubhali raqobat vaqtingizning behudaga sarflanishi hamda mehnatingiz samaradorligini kamayishiga sabab bo’ladi. Qanday xatoliklar ish samaradorligini kamayishiga olib keladi?
Siz ishlaringizni rejalashtirmaysiz
Sizning oldingizda bajarishingiz kerak bo’lgan vazifalar ro’yxati turibdi, biroq ularni amalga oshirish uchun puxta reja tuzib chiqish va ularni kun, hafta va oylarga bo’lib chiqish zarur. Aks holda ishga bor kuchingiz bilan kirishib ketasiz-da, yo’lning yarmiga borganda, charchab qolasiz.
Juda zich grafik tuzasiz
Siz ishlaringizni rejalashtirgan bo’lishingiz mumkin, biroq vaqtni, kuchlaringizni to’g’ri taqsimlamagan bo’lishingiz mumkin. Axir o’rtada boshqa qo’shimcha zarur ishlar ham chiqib qolishi mumkin, ularni ham inobatga olish kerak.
Ishlaringizni avtomatlashtirmaysiz
Zamonaviy inson ishining aksariyat qismini texnika bajaradi. Mashina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarni o’zingiz amalga oshirmoqchi bo’lsangiz va bu bilan ko’p vaqtingizni zoe ketkazgan bo’lasiz. Masalan siz yangi programma va algoritmlarni o’rganishga ancha vaqt ketadi, deb aytishingiz mumkin. Biroq dasturlarni o’rganishingizga ketgan bir kun kelajakda sizning qancha vaqtingizni tejashi mumkinligini ham o’ylab ko’ring.
Taym-killerlarga chalg’iysiz
Besh daqiqa dam olish bahonasida ijtimoy tarmoqlarga kirasiz, ularni ko’zdan kechirish va messenjerlardagi chatlarni o’qish bilan ovora bo’lib, bir soat vaqtingiz ketib qolganini sezmay qolasiz. Ish bilan bog’liq bo’lmagan chatlardagi xabar kelganni bildiruvchi signallarni o’chirib qo’ying, aks holda ular sizni bezovta qilaveradi.
Siz rad javobini berishni bilmaysiz
Agar siz ko’ngilchanglik qilaversangiz, sizga har xil taklif va iltimoslar bilan murojaat qilaveradilar – yordam so’raydilar, maslahat berishingizni so’raydilar, biror narsani o’rgatishingizni va hech bo’lmaganda birga choy ichishni iltimos qilib qoladilar. Ko’ngilchanglik qilib, rozi bo’lsangiz, bundan faqat boshqalar foyda ko’radi, siz esa qimmatli vaqtingizni behudaga sarflagan bo’lasiz. Xayrixohlik ham yaxshi fazilat, biroq o’zingizni ham o’ylashingiz kerakku.
O’zingizni bopshqalar bilan solishtirishingiz
Siz bor kuchingiz bilan ishlayapsiz, biroq hamkasblaringiz ishlarini tezroq bitirib olishayapti. Shunda siz o’zingizni ular bilan solishtirasiz va natijada vaqtingizni ham, asablaringizni ham behudaga sarflaysiz. Axir tezlik sifat belgisi emasku. Undan ko’ra o’zingizni natijalaringizni o’tgan galdagi natijalaringiz bilan solishtiring, erishishingiz kerak bo’lgan maqsad ko’rsatkichlarini belgilab oling va komillik sari intilib boravering.