Ilk musulmon aktyor nomzodi “Oskar” tanloviga qo'yildi

Tarixda birinchi marta musulmon aktyor Akademiya mukofotiga nomzod qilib ko’rsatilgan. Rizvon Ahmad “Eng yaxshi aktyor” nomitsiyasiga da’vogarlik qilmoqda. U «Metall ovozi» filmida bosh rolni ijro etgan. Chedvik Bouzman, Entoni Xopkins, Gari Oldman va Stiven Yon bu nominatsiyada u bilan kurash olib borishadi.

Rizvon Ahmad Buyuk Britaniyada tug’ilib o’sgan. Uning ota-bobolari Pokiston Hindistondan ajralganidan keyin Angliyaga ko’chib o’tishdi.

Islam.ru ma’lumotlarnia ko’ra, aktyor ko’pincha o’zining musulmonlardan kelib chiqqanini ta’kidlaydi va doim islom dunyosining dolzarb masalalari – qochqinlar, islomofobiya va zamonaviy kinodagi musulmonlar obrazi haqida o’z fikrlarini bildiradi.