image0

O‘zbekistonliklar eng ko‘p o‘qish uchun Tojikistonga bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,

Qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 foizga kamayganini anglatadi.

Eng ko‘p talabalar Tojikistonga borgan – ularning soni 5 270 nafarni tashkil etgan. Rossiyada 4 649 nafar, Qirg‘izistonda 3 064 nafar, Koreya Respublikasida 2 309 nafar, Turkiyada esa 1 538 nafar o‘zbekistonlik talabalar ta’lim olmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonga 874, Xitoyga 797, Buyuk Britaniyaga 567, Germaniyaga 285 va AQSHga 256 nafar fuqaro o‘qish uchun yo‘l olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar hanuz qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarini ko‘proq tanlamoqda. Biroq oxirgi yillarda Koreya va Turkiya kabi davlatlarda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p qayerga safar qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.