SPAM atamasi 1937 yilda bozorga chiqqan arzon konserva mahsulotlari kompaniyasi nomidan kelib chiqqan. Xo’sh, nimaga kompaniya nomi yomon ma’noda qo’llana boshlangan?
O’sha paytlarda kompaniya nomining soddaligi va ko’p reklamalar tufayli tezda tanilib ketgan. Ko’plab shahar aholisi gazeta va jurnallar tahrirlovchilarga hamma joyda SPAMning reklamasi bosib ketganidan gazetalarni o’qish imkonsiz, deya shikoyat qila boshladilar.
Darhaqiqat, SPAM konservalaridan qochadigan joy yo’q edi. Keyinchalik har qanday majburlanadigan reklama va munosib sifatga ega bo’lmagan hamma narsa SPAM deb nomlana boshladi. Shunday qilib, SPAM atamasi internet muhitiga ham ko’chib o’tgan.
Izohlarni ko`rish