O‘zgidromet 7-9 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 7 oktyabrda 23-28 daraja; 8-9 oktyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 7 oktyabrda 23-28 daraja, 8-9 oktyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 7-8 oktyabrda 24-29 daraja; 9 oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 8-9 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 8-9 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 oktyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7 oktyabrda 10-15 daraja, 8-9 oktyabrda 13-18 daraja bo‘ladi.