Erkak kishi arvohi yashaydigan saroy

Evropaliklar orasida mazkur Slovakiyada joylashgan ushbu saroyda erkak kishi arvohi yashashi haqidagi shov-shuvlar keng tarqalgan. Turistlar esa u bilan uchrashish umidida yurak yutib saroyga kelishadi.

Erkak kishi arvohi yashaydigan saroy

Yan Palfiy ismli leytenant bir zamonlar ushbu saroyning sohibi bo’lgan va go’zal qizga oshiq bo’lib qolgan. Ammo qiz leytenantning taklifini rad etadi. Tushkunlikdagi oshiq umrining qolgan qismini yolg’izlikda, zohidlik bilan o’tkazgan, boyligini yetimxonalarga tarqatib bergan. Yan boshqalar kabi qabristonga emas, o’zining saroyi ichiga ko’milgan. Shu sababli ham uning ruhi hamon saroy yo’laklari orasida kezib yuradi. Aytishlaricha, arvoh ba’zan oppoq libosli ayol bilan birgalikda ko’rinish berar emish.

Ammo bu leytenantning taklifini rad etgan sohibjamol ruhi emas. Ayolning ismi Anna Berna bo’lgan va 30 yillik urush vaqtida dushman tomon askarlaridan birini sevib qolgan. Muhabbati uchun raqiblariga strategik sirlarni aytib bergan, buning oqibatida uni o’limga mahkum qilganlar.

 

Tergov vaqtida esa Annani shu saroyga olib kelishgan. O’limidan keyin esa uni ham Yanning yoniga dafn qilishgan.

Saroy juda yaxshi holatda saqlangan. Ammo bu yerga asablari bo’sh odamlarning kelishlari mutlaqo tavsiya etilmaydi. Sababi turistlar orasida Yan va Anna bilan to’qnash kelib, yurak hurujiga uchrab qolgan jabrdiydalar ham bo’lgan ekan.