Yapon qandolatchilari mukammal ta’mga ega dunyodagi eng qimmat muzqaymoqni yaratish uchun bir yarim yil vaqt sarfladi. Noyob ingredientlar mavjudligi sababli uning narxi 6 300 dollar (873,4 ming yapon ienasi)dan oshdi.
Uning tarkibidagi eng qimmat ingredient Italiyaning Alba shahrida yetishtirilgan noyob oq truffle edi. Oshpazlar, shuningdek, Parmigiano Reggiano pishlog’ini ham qo’shishgan.
«Cellato» muzqaymoq kompaniyasi sovuq shirinlikka Byakuya deb nom berdi. Kompaniya uning resepti ustida 1,5 yildan ko’proq vaqt davomida ishlagan, muvaffaqiyatsilikka uchragan va yangi sinovlarni o’tkazgan. Shirinlik yaratilish qiymati bo’yicha Ginnes rekordini o’rnatdi. Endi qandolatchilar shampan va ikra kabi eksklyuziv ingredientlarning boshqa kombinatsiyasi bilan mahsulotni chiqarishni rejalashtirmoqda.