Sanepidqo’mita fuqarolarga tavsiyalar berdi.
Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin.
Nima qilish kerak?
️ Ko’chaga iloji boricha kamroq chiqish;
️ Ishga, o’qishga, xarid uchun ko’chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
️Ko’chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko’zlarni yaxshilab yuvish);
️ Kalit, ko’zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
️ Ko’chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
️ Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
️ Nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
️ Ko’proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo’lsa ko’k choy, na’matak damlamasini ichish;
️ Yog’li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho’r, achchiq taomlarni cheklash;
️ Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko’katlarni iste’mol qilish.
️ Changni ko’p to’planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to’g’ri tozalash kerak:
️ Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
️ Chang yig’ilishi mumkin bo’lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o’yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o’ralishi tavsiya etiladi.