◾ Aynan elektr metro deyishimizga sabab: Londonda 1863-yildan buyon metro bo’lgan, faqat u Stefonson bug’ mashinasi yordamida harakatlangan.
O’shanda bitta metro poezdi 23 ta vagondan iborat bo’lgan.
Elektr metro ilk bora Stokvell va King Uilyam-Strit oralig’idagi shimoliy yo’l chizig’I bo’ylab harakatlangan. Uning ilk yo’lovchisi Buyuk Britaniyaning bo’lajak qiroli Uels shahzodasi Edvard VII bo’lgan.
O’sha paytda yangi elektr temir yo’lini odamlar «Metropolitan Railway» (metropoliten temir yo’li), «Poytaxt temiryo’li» kabi turlicha atamalar bilan nomlashgan. Yillar o’tib esa besh harfdan iborat barchamizga tanish bo’lgan «metro» so’zi kelib chiqqan.
O’sha paytdan boshlab, bug’ lokomotiv liniyalarini bosqichma-bosqich elektrlashtirish boshlangan va bu 1913-yilga qadar yakunlangan.Hozir London metrosida 270 ta bekat mavjud, ularning uzunligi esa 400 km dan oshadi.