BILASIZMI?..

 

 

BU MULTFILMDAN SO’NG 700 NAFAR BOLA KASALXONAGA TUShIB QOLGAN

 

1997 yilnig 16 dekabrida Yaponiya televideniesi orqali «Pokemon» multseriali namoyish etildi. Ushbu filmda Pikachuning shiddatli hujumi yorqin qizil va ko’k charaqlagan ranglardagi kadrlarda ifoda etiladi. Bu kadrlar ko’plab bolalarda og’riqli ya’ni tutqatoqni eslatuvchi reaksiyani keltirib chiqardi va shu multfim namoyishidan so’ng 700 bola kasalxonaga yotqizildi.

Kasallangani haqida ko’plab bola shikoyat qilgan, biroq shifokorlar bu simptomlarni ko’rsatuvni o’zidan keyin paydo bo’lmaganini balki uning atrofida bo’lgan ommaviy vasvasa (isterika) sabab deb hisoblashgan. Hattoki kasalxonaga yotqizilgan bolalar orasidan maktabga bormaslik uchun o’zini kasallikka solganlar ham bo’lgan.

 

loading…