BILASIZMI?..

 

 

FEVRAL HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Nega fevral eng qisqa oy hisoblanadi? Ma’lumki, biz o’rganib qolgan taqvim aslida Qadimiy Rimdan bizgacha yetib kelgan. Yuliy Sezar farmoniga ko’ra, juft oylar 30, toq oylar esa bir kunga ko’proq etib belgilangan. Fevral esa yilning so’nggi oyi bo’lgan. Unga 29 kungina ajratilgan. Eramizdan avvalgi 14- yilda Oktavian Avgust o’limidan keyin shu nomdagi oyga yana bir kun qo’shishga ahd qilishgan. Ko’ribsizki, fevral 28 kunga tushib qolgan. 29- kun esa 4 yilda bir marta keladigan bo’lgan.

2. 1929 yili sobiq sovetlar kalendarni isloh qilish harakatiga tushgan. Rejaga ko’ra, bir yil 72 ta besh kunlikdan iborat bo’lishi lozim edi. Shunda bir yil 360 kunga to’g’ri kelardi. Agar reja amalga oshsa, fevral to’liq 30 kundan iborat bo’lishi lozim edi. Ammo bu reja amalga oshmadi. 1931 yili kalendarni yana asl holiga qaytarishdi.

3. Har yili AQSh va Kanadada 2 fevral kuni yumronqoziq kuni bayram qilinadi. Shu kuni inidan chiqib kelgan yumronqoziqqa qarab bahor qachon kelishini taxminlashadi. Agar havo aynigan, bulutli bo’lsa, yumronqoziq o’z soyasini ko’rmaydi va inidan dadil chiqib keladi. Basharti quyoshli kun bo’lsa, yumronqoziq o’z soyasini ko’radi-yu, darhol iniga qaytadi. Bu iliq havo kelishiga hali vaqt bor degani ekan.

4. Odatda fevral oyida ayiqlar bolalaydi. Oq ayiq esa fevral oxirida Xalqaro qutb ayig’i kunini nishonlaydi. Hozirgi kunda oq ayiqlar dunyo bo’yicha 25 000 tagina qolgan. Ular shimoliy qutb iqlimiga allaqachon moslashib bo’lishgan. Xudo ko’rsatmasin, Arktika muzliklari katta tezlikda eriy boshlasa, oq ayiqlar soni keskin kamayib ketishi ehtimoldan xoli emas.

5. Astrologlar fikricha 29 fevral kuni dunyoga kelgan odam o’zining chuqur fikrlashi va qo’shimcha tug’ma qobiliyatlari bilan boshqalardan ajralib turarkan.

6. Tasmaniya sobiq bosh vaziri Jeyms Miln Uilson 29 fevralda tug’ilgan va shu kuni olamdan o’tgan. Faqat bu ikki voqea orasidagi farq 68 yildan iborat. Ya’ni, u 1812 yili tug’ilgan, 1880 yili olamdan o’tgan.

7. Fransiyada chop etiladigan «Sapyor shami» ko’ngilochar gazetasi sahifalarida krossvord berib boriladi. Javobini keyingi sonda ko’rish mumkin bo’ladi. Keyingi soni esa oradan 4 yil o’tgach, nashrdan chiqadi. Gap shundaki, bu gazeta faqat 29 fevral kuni chop etiladi. Uning ilk soni 1980 yili sotuvga chiqqan.

8. Agar bizning yurtlarda fevral oyida qor yog’sa, sovuq qutursa, Antarktidada ayni shu oy qisqa muddat davom etuvchi yoz fasli hukm suradi.

9. Rossiya imperatori Petr Birinchi 1724 yil 8 fevral kuni Fanlar akademiyasi tashkil etish haqida farmon bergan. Oradan roppa-rosa 1 yil o’tib, 1725 yil 8 fevral kuni vafot etgan. Akademiklar akademiyani ishga tushirishga ulgurishmagan, hanuz Yevropadan taniqli olimlarni jalb etish harakatida yurgan edilar.

10. Qadimgilar aynan fevral oyi qanday o’tishiga qarab bahor hamda kuzdagi ob-havoni taxminlashgan. Agar fevral iliq kelgan bo’lsa, mo’l hosildan umid qilish befoyda deb hisoblashgan. Shu sababli tunu-kun xudodan fevral oyi uchun katta qor, qattol sovuq so’rashgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…