Go’zallik- sub’yektiv tushuncha. Turli vaqtlarning turli hil go’zallik qonunlari mavjud bo’lgan. Go’zallar turli tuman. Ammo mutlaq go’zallikni ham susaytiradigan holatlar mavjud. Ayolning ko’rkini buzuvchi narsalar nimada deb o’ylaysiz?
Yuvilmagan soch
Sizning sochingiz qanchalar sumbul bo’lmasin, kir holatda daxshatli ko’rinadi. Bu xolatni oqlab bo’lmaydi. Chunki hattoki suv yo’qligida ham quruq shampun ishlatish orqali sochni yog’lardan tozalab musaffo holga keltirish mumkin.
E’tibor qaratilmagan qoshlar
Ko’zlarga oro berish jarayonida qoshlarni ham o’z vaqtida tartibga keltirib turishni yodingizdan chiqarmang. Hatto ajoyib bo’yalgan ko’zlar fonida ham tartibsiz qoshlar butun taassurotni buzadi.
Og’izdan keluvchi nohush hid va kasallangan tishlar
Tishni yuvishga har doim ham imkon bo’lmasligi mumkin. Lekin bu saqichga muntazam ro’ju qo’yishga asos bo’la olmaydi. Eng yaxshi vosita sifatida aerozolni tanlang.
Ko’chgan tirnoq bo’yog’i va tishlangan tirnoq
Tirnoqlar tirnoq bo’yog’i bor yoki yo’qligidan qatiiy nazar toza holda bo’lishi kerak. Manikyur ideal yoki umuman yo’q bo’lishi lozim.