Ayfonchilar uchun yaxshi xabar

Apple kompaniyasi App Store monopoliyasiga chek qo’yishga qaror qildi. Mart oyidan boshlab Apple tomonidan sertifikatlangan ilova do’konlaridan istalgan ilovalarni o’rnatish mumkin bo’ladi. Muammo shundaki, bu tajriba hozircha faqat Yevropa mamlakatlari uchun joriy etiladi, lekin yaqin kelajakda butun dunyoda ishlab qolishi ajab emas. Ungacha esa VPNdan foydalanib turasiz.

Androidchilar bu xabarni o’qib miyig’ida kulib qo’ysa kerak.