Bu qiziq

AQShda dunyodagi eng yupqa mato yaratildi

Комментариев нет

Bor-yo’g’i bir necha nanometr qalinlikka ega mato yaratishgan AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdi.

“Nature” nashrining ma’lum qilishicha, mato odam sochidan ham o’nlab marta ingichkadir.

Ta’kidlanishicha, mato ip ko’rinishli molekulalardan iborat bo’lib, ular o’z navbatida uglerod, vodorod, kislorod, azot va oltingugurt atomlarining birikmasini tashkil etadi. Bir-biriga perpendikulyar ravishda bog’langan iplar tarkibidagi metall atomlari hamda salbiy ionlar esa ularning uzilib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Olimlarning aniqlik kiritishlaricha, matoning qalinligi 4 nanometr ( 1 nanometr – 1 metrning milliarddan bir qismi), zichligi esa har kvadrat santimetr uchun 15 dan 25 million ipgachadir.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, mato individual polimer iplardan ikki baravar kuchlidir.

Olimlarning so’zlariga ko’ra, ushbu matodan molekulyar «elak» sifatida foydalanish mumkin. Zero, u katta hajmni saqlagan holda, kichik molekulalarning o’tishiga imkon beradi va ehtimolki, suvni yoki boshqa moddalarni yanada sifatli tozalash uchun foydali bo’la oladi.

vesti.ru

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Jek Ma ommaga ko’rinish berganidan so’ng uning boyligi 1,4 mlrd dollarga oshdi
Dunyo davlatlari prezidentlariga yiliga qancha maosh to’lanadi?
Меню