Amerikaliklar virtual ko'zgu ixtiro qildilar

Bugungi kunda uyda o’tirib, internet orqali o’z yumushlarini osonlashtirayotgan insonlar talaygina. Asosan internet orqali kiyim-kechaklar va hatto, oziq-ovqat mahsulotlari ham buyurtma qilish mumkin. Bunday xizmat turi jahonda ancha ommalashib, odatiy holga aylanishga ulgurgan.

Ba’zan internet orqali buyurtma qilingan kiyimlar o’z egasiga mos kelmasligi mumkin. Endi bunday muammoning oldi olinadi.

Internet orqali katta hajmdagi oldi-sotdi xizmatini taklif etuvchi Amerikaning Amazon kompaniyasi virtual ko’zgu ixtiro qildihamda ushbu kashfiyot uchun patent olishga ham ulgurdi.

Virtual ko’zgu kiyim-kechaklarni buyurtma qilayotgan xaridor ustida qanday “turishi”ni aniqlab beradi. Ko’zguda turli sharoitlarga mo’ljallangan buyruqlar bor.

Masalan, buyurtma qilinadigan kiyimning ishda, do’stlar bilan uchrashuvlarda, ko’chada qay darajada ko’rinishini baholashga imkon yaratadi.

Hozircha bunday virtual ko’zgular qachon foydalanishga topshirilishi noma’lum.

 

manba: qalampir.uz