Amerikadagi Oq uy shiftidan jurnalistning ustiga sichqon qulab tushdi…

 

O’sha payt jurnalistlar Oq uyning matbuot konferensiyalari o’tkaziladigan zalida edilar. Kutilmaganda «NBC» telekanali jurnalisti Piter Aleksandrning ustiga shiftdan tirik sichqon qulab tushdi. Bu kulgili vaziyatni boshqalar turlicha qabul qildi. Kimdir ura solib qochdi. Kimdir sichqonni quvlay ketdi. Yana kimdir xotirjamlikni qo’ldan bermagan holda ishlashda davom etdi. Jurnalistlardan biri esa zal eshigi tepasiga «Yordam bering!» degan yozuvli tablichkani ilib qo’ydi.

Eslatib o’tamiz, bundan bir necha yillar oldin Angliyadagi Bukingem saroyida suvaraklar ko’payib ketgani haqida xabar tarqalgandi.