Armiya safiga chaqiruv mavsumi. Psixiatr huzuriga bir yigit atayin telba qiyofasida, go’yo o’zini mototsikl qilib ko’rsatish uchun bor ovozda baqirib kirdi.
— Drin, dri-in, dri-in! Mototsiklni qaerga qo’yaylik, do’xtir?
Psixiatr:
— Ana, burchakda mening mototsiklim turibdi, o’shaning yoniga qo’ya qoling!
* * *
— Azizam, senga kutilmagan sovg’am bor!
— Voy, mukofot puli oldingizmi?
— Ha, uch oylik maosh miqdorida.
— Zo’rsiz!
— O’sha pullarning hammasiga sen uchun atirgullar sotib oldim.
— Ahmoqsiz!!!
* * *
Chiroyli bir qiz dugonasiga dedi:
— Mastona, kecha «Robinzon Kruzo» degan kitob bor-u, o’shani o’qib tugatdim. Ana, ahmoq! Shuncha yil orolda yashabdi-yu, shundoq mobil telefonini qo’liga olib, birorta tanishiga qo’ng’iroq qilish xayoliga kelmabdi.
— Voy, dugonajon, nimalar deyapsan? Axir orollardan tarif juda qimmatligini o’zing ham bilasan-ku!