* * *
Qo’qondagi jinnixonada bir jinni kamalak ko’tarib ketayotganmish. Bosh vrach ko’rib qolib so’rabdi:
— Qayga ketyapsan?
— Urushga.
— O’qing yo’q-ku!
— Dushman tomondan kep qolar.
— Kelmasa-chi?
— Ie, kelmasa, urush bo’lmaydi-ku!
* * *
Ikki erkak jinnixona ro’parasida mushtlashayotsa, jinnilar derazadan qarab baqirayotganmish:
— Ur! Jag’ini sindir! Och biqiniga tep!..
Erkaklar mushtlashishdan to’xtab, bir-biriga debdi:
— E, anavi jinnilarni qara, bizni masxara qilyapti! Shularga kulgi bo’lmaylik mushtlashib!..
Shundan keyin erkaklardan biri yo’lning u chetiga, ikkinchisi bu chetiga turvolib, bir-biriga baqira ketibdi:
— Vey, men seni odam deb yursam, g’irt ho’tik ekansan-ku-a?!.
— Men bo’lsam, seni odam deb yursam, g’irt eshak ekansan!
Shunda jinnilar ularning qichqrig’ini eshitib baravar baqirayotganmish:
— Iya-ya, anavilar ota-bolaykan!
* * *
Jinnixonaga sartarosh kelibdi. Shunda bir jinni boshqasiga debdi:
— Kel, sening boshingga mix qoqib qo’yaman! Anavi sartarosh sochingni olaman deganda, mashinkasi mixga tegib buzilib qoladi, rosa kulamiz!
— Bo’pti.
Jinni kattakon mixni uning boshiga qo’yib endi bolg’a bilan uraman deb tursa, jinni baqiribdi:
— Vey, jinni, bolg’angni mixga uraman deb boshimga urvolmagin tag’in!
O. HAYIT tayyorladi