* * *

Ona uch yashar bolasini alla aytib uxlatardi. Bir soatga yaqin alla aytdi hamki, bolasi uxlay qolmadi. Bir mahal u asta ko’zini ochdi-da, dedi:

— Oyi, gap yo’q! Allani zo’r aytasiz! Ammo tushuning, men uxlashim kerak!

* * *

Yigit do’stidan so’radi:

— Sen umringda odamlarga yaxshilik qilganmisan?

— Albatta.

— Qanaqa yaxshilik qilgansan?

— Masalan, kecha «Wi-Fi» internetimning parolini o’zgartirgunimcha, qo’shnilar undan bepul foydalanishdi.

— Parolni o’zgartirishing uchun qancha vaqt ketdi?

— 45 soniya.

* * *

Institut. Beshinchi para. Talabalardan biri muallimga dedi:

— Ustoz, iltimos, bizga ruxsat bersangiz! Judayam charchadik.

— Bo’pti, mana shu qo’limdagi bo’r tugasa, darsni tamomlayman.

Talaba:

— Unda o’sha bo’rni menga bering, yeb qo’ya qolay!

* * *

Erkak daryodan oltin baliq tutib oldi. Baliq unga yolvordi:

— Iltimos, yaxshi odam, meni qo’yib yubor! Uchta tilagingni bajo keltiraman!

— Shunaqami? Unda eshit! Men «Dunyo go’zali»ga uylanishni, Gavay orollarida villam bo’lishini va kissamda ikki milliard dollar pulim bo’lishini xohlayman. Bu birinchi tilagim…

* * *

Erkak do’stiga hasrat qilyapti:

— Kecha o’g’limning portfelidan giyohvand moddalar topib oldim. Vey, ishonasanmi, bolam endi o’n yoshga kirdi. Halitdan uydagi narsalarni ko’chaga tashishni boshlabdi-ya!

* * *

Korxona rahbari tanishiga dedi:

— O’tgan yili xizmat safariga ketayotib, ehtiyot shart uydagi shkafga ayiq ovlaydigan qopqon qo’ygandim. Safardan qaytsam… Vey, ishonasanmi, shkafda o’tiribdilar janob!

— Xotiningning jazmanimi?

— Yo’q, ayiq!

* * *

Ota shahardagi universitetga kirish imtihoni topshirishga ketgan o’g’liga qo’ng’iroq qilib so’radi:

— Xo’sh, imtihon qanday o’tdi?

— Zo’r o’tdi! Muallimlar hayratdan qotib qolishdi, dada! Kuzda yana qaytadan imtihon topshirishimni iltimos qilishyapti!

* * *

Ayol dugonasiga dedi:

— Ishonasanmi, kecha erim bilan janjallashib qoldim. Jahl ustida «O’zingga yoqqan narsalarni ol-da, ko’zimdan yo’qol!», degandim, jomadoniga meni joylamoqchi bo’ldi… Shundan keyin… Yarashdik, dugonajon!

* * *

Gruziya maktabida dars jarayoni. Muallima kimning otasi kim bo’lib ishlashi haqida o’quvchilardan so’radi. Birining otasi do’kondor, boshqasining otasi uchuvchi ekani ma’lum bo’ldi. Navbat Giviga yetdi. U asta shivirladi:

— Mening otam muhandis!

Sinfxonada kulgi ko’tarildi. Muallima esa o’quvchilarga baqirdi:

— Bu nimasi? Bolaning boshiga shuncha kulfat tushgan ekan-u, sizlar kulasizlarmi?

* * *

Bolalar bog’chasidagi e’londan:

«Ertaga bog’chamizda shanbalik o’tkaziladi. Shanbalikda qatnashmagan ota-onaga bolasi qaytarib berilmaydi.!»

* * *

Tish do’xtiri bemorga dedi:

— Mana, tishingizni davolab qo’ydim! Endi ikki soatgacha hech narsa yemang!

— Be, bittagina tish davolatganim uchun sizga shuncha pul bergandan keyin-chi, uch oygacha ochlik e’lon qilaman!

Olimjon HAYIT tayyorladi