* * *
Hayotda yetarlicha tajriba to’plashga ulgurgan erkakning mulohazasidan:
— Muhabbat nima? Muhabbat bu xotiningga tikilib qolasan-u, «O’ldirib qo’yaymi shu yaramasni?» deb o’ylaysan. Ammo bu ishni ortga suraverasan, suraverasan…
* * *
Besh yashar bolakay bobosidan so’radi:
— Bobo, fonarni ko’rmadingizmi?
— Nima qilasan fonarni?
— «Svidaniya»ga boraman.
Bobo (kulib):
— Bolam, men sendayligimda «svidaniya»ga fonarsiz borganman.
Bolakay asta buvisi tomonga imo qilib dedi:
— Qarang, qorong’ida topganingiz… shu… mi?
* * *
Erkak vrachga dedi:
— Do’xtir, xotinim nuqul yo’taladi. Bermagan dorim qolmadi. Kor qilmayapti.
— Siz giyohlardan berib ko’rdingizmi?
— Berib ko’rdim uniyam. Qotib-qotib kuldi. Ammo baribir yo’talaverdi.
* * *
Sud jarayoni. Advokat guvohdan so’radi:
— Siz shuncha miqdordagi pullarni tergovga yordam bermaslik sharti bilan olganmisiz?
Jimlik. Advokat savolini yana ikki marta takrorladi. Baribir jimlik. Shuncha sudya so’radi:
— Guvoh, nega savolga javob bermayapsiz?
Guvoh:
— Voy, uzr, o’rtoq sudya! Bu savolni sizga berishyaptimi deb o’ylabman.
* * *
Jinni uyiga kelsa o’zidan ming chandon jinniroq xotini yig’lab o’tiribdi. Undan so’radi:
— Nega yig’layapsan, hoy jinni?
— E, muzlatkichdan bir bo’lak muz ko’chirib olib, qaynagan suvda chaygandim. Endi muzimni topa olmayapman.
* * *
Xotin eriga maqtanyapti:
— Ishonasizmi, bugun axlatxonaning yonidan o’tib kelayotsam, manavi yap-yangi tufli yotibdi. Kiyib ko’rsam, loppa-loyiq ekan.
Ertasi kuni yana xotin maqtanib keldi:
— Tavba, bugun podyezdimizga kirsam, manavi jemper yotibdi. Qarang, yap-yangi! Buyam o’zimga loyiq ekan.
— Ha-a, omading borakan, xotin! Mening esa sira omadim yurishmaydi.
— Nega unday deyapsiz?
— Qachonlardir ko’rpaning qatida shimimni unutib qoldirgan ekanman. Kecha tasodifan ko’rib qolib kiymoqchi bo’lgandim, «razmeri» to’g’ri kelmadi.
* * *
Juhud taksida uyiga yetib oldi-da, pastga tushib xuddi pul qidirayotganday cho’ntaklarini paypaslay boshladi. Shu orada haydovchiga eshittirib dedi:
— Jin ursin, katmonimni mashinada tushirib qo’ydim shekilli…
Haydovchi bu gapni eshitdi deguncha, orqa-ketiga qaramay, gazni bosdi. Juhud esa o’zicha shivirladi:
— O’, qo’shnim Abram to’g’ri maslahat bergan ekan. Hiyla ish berdi-ku!
* * *
Modellar agentligiga qo’ng’iroq qilishdi.
— Allo! Bu modellar agentligimi?
— Ha.
— Modellarga qancha haq to’laysizlar?
— Juda yaxshi haq to’laymiz. Ammo biz 90-60-90 parametrlilarni ishga olamiz.
— Bu muammomas. Mening bo’yim ham, yoshim ham, vaznim ham xuddi shu parametringizga to’g’ri keladi.
* * *
Bolakay xafaqon holda buvisinikiga kirib keldi. Buvisi so’radi:
— Ha, yana dadang bilan oying urishib qoldimi?
— Yo’q, oyim kurortdan qandaydir spid degan narsa olib kelgan ekan. Dadamga, Toshmat amakiga, yana ro’para qo’shnimiz Vali og’aga sovg’a qilibdi. Endi hammalari urishishyapti. Adashmasam, oyim hammalariga teng bo’lib bermagan ko’rinadi.
* * *
Muallim:
— Bolalar, qo’y bizga nima beradi?
Bolalar:
— Jun.
Muallim:
— Sigir bizga nima beradi?
Bolalar:
— Sut.
Muallim:
— Eshak bizga nima beradi?
Bolalar:
— Hech narsa bermaydi-yu, ammo uy vazifamizni bajarib beradi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Do’stlar, Telegramm kanalimizga barchangizni taklif etib qolamiz! Siz kanalimizga a’zo bo’lib, dunyo yangiliklari, qiziqarli hikoyalar va davomli asarlar, kundalik burjlar bashoratidan o’z vaqtida voqif bo’lasiz. Kanalimizda ko’rishguncha!!!