* * *
Birinchi sinfda o’qiydigan Marayimjon uyga xomuщ holda qaytdi. Onasi undan so’radi:
— Nima bo’ldi, arslonim? Bugunam «ikki» baho oldingmi?
Marayimjon qovoq uygan ko’yi javob qildi:
— Ha-a… Tezroq pensiyaga chiqsaydim…
* * *
80 yoshli qariya vrachga dedi:
— Ahvolim zo’r. 18 yoshli jazmanim bor. Hademay farzand tug’ib beradi. Bunga nima deysiz?
— Bilasizmi, sizga bir voqeani aytib beray. Ovchi bir kuni ovga ketayotib miltiq o’rniga adashib yomg’irpo’sh olibdi. Ketayotsa, oldidan ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shartta yomg’irpo’shni ochibdi-da, ayiqqa to’g’rilab tugmachasini bosibdi. Ishonasizmi, ayiq shundoq oyoqlari ostiga yiqilib jon beribdi.
— E, balki, boshqa ovchi otib o’ldirgandir ayiqni?
— Ana, endi o’zingizga keldingiz. Men ham sizga xuddi shuni tushuntirmoqchiydim.
* * *
— O’rtoq boshliq, hamkasbimiz olamdan o’tibdi. O’shaning joyini egallasam bo’ladimi?
— Roziman. Faqat qabriston qorovuli bilan ham kelishib oling!
* * *
— Kechirasiz, bu sherning odamxo’r ekanini qanday payqadingiz?
— Ko’z qarashlari xotinimnikiga o’xsharkan.
* * *
Darvozadagi yozuvdan:
— Darvozani qattiqroq taqillating! Itimizning qulog’i og’ir.
* * *
Bog’cha tarbiyachisi qizaloqdan so’radi:
— Odam aqllimi, jonivorlarmi?
— Jonivorlar.
— Nega?
— Men itim bilan gaplashsam tushunadi. U gapirganda esa, men hech narsani tushunmayman.
* * *
Qish. Yarim tun. Qor bo’ralab yog’yapti. Ayiq o’rmonda izg’ib o’zini o’zi koyiyapti:
— Eh, nega sentyabrda qahva ichdim-a?
* * *
— Og’ayni, Gretsiyada bo’lganmisan?
— Bo’lganman.
— Kiprda-chi?
— U yerdayam bo’lganman.
— Qaerda dam olgan ma’qulroq?
— Bilmadim. Men doimo bolalarim hamda xotinim bilan birga dam olganman.
* * *
Ikki kar suhbatidan:
— Sen baliq oviga ketyapsanmi?
— Yo’q, men baliq oviga ketyapman.
— Ha-a, men baliq oviga ketyapsanmi deb o’ylabman.
* * *
Evreydan do’sti so’radi:
— Monya, ishlaring qalay?
— Yomonmas. Asta-sekin tirikchilik qilib yuribman. Mana, garaj sotib olib xotinimning nomiga rasmiylashtirdim. Ertadan uni qaynonamga ijaraga beraman.
Olimjon HAYIT tayyorladi