KUN KULGISI…

* * *

— Boks ajoyib sport turi! Men bu sport turining orqasidan yaxshi pul topyapman.

— Siz ham bokschimisiz?

— Yo’q, tish do’xtiriman.

* * *

Futbol fanatining xotini devorga osilgan futbolchilar ismi-shariflariga to’la qog’ozga alam bilan boqdi-da, eriga dedi:

— Bu dahshat! Dunyodagi hamma futbolchilarning ismlarini yoddan bilasiz-u, qachon to’yimiz bo’lganligini eslay olmaysiz.

— Nega eslay olmas ekanman? Bizning terma jamoa Portugaliyaliklarga yutqazib qo’ygan yili to’yimiz bo’lgan.

* * *

E’lon:

— Er bir soatga sotiladi. U dazmolingizni tuzata oladi, pardalarni osib beradi, har qanday qulfni buza oladi, basharangizni ko’kartirib, maoshini ichib qo’yib, qo’shni ayolnikida tunashga ham usta!

* * *

Bir xorijlik erkak qahvaxonaga kirsa, qog’ozga yozib qo’yishibdi:

1. Qo’y go’shtidan kabob.

2. Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob.

Erkak oshpazdan so’radi:

— Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob deganini qanday tushunsa bo’ladi?

— Bu kabob do’ppiga solib pishiriladi.

* * *

— O’g’lim bilib qo’y! Olmaning ikki bo’lagi tez-tez Zags bo’limida emas, aksincha kompot ichida uchrashishadi.

* * *

Do’kon eshigi tepasidagi e’londan:

— Har bir «Lasetti» sotib olgan odamga sovg’a sifatida bir shishadan limonad taqdim etiladi.

* * *

Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq dedi:

— Uchta tilagingni ayt, bajo keltiraman!

— Xotinim ko’p bo’lishini istayman!

— Bajarildi!

— Pulim ko’p bo’lishini istayman!

— Bosh ustiga!

— Seni yana ikki yuz marta tutib olishni istayman!

* * *

Ma’lum bo’lishicha, kechalari ko’pchilik avtomobillar egalarini yo’qolib qoldi deb o’ylab qo’rquvdan baland ovozda uv tortisharkan.

* * *

Harbiy qismga komandir etib tayinlangan polkovnik saf tortgan askarlar bilan tanishayapti. U o’zini mehribon, erkinlik tarafdori qilib ko’rsatish maqsadida askarlardan biriga yaqin kelib dedi:

— Boshingni baland ko’tar! Istasang, men bilan qo’l berib so’rashishing ham mumkin. Keyin otangga borib shaxsan polkovnik bilan qo’l berib ko’rishganingni aytib maqtanasan. Otang ham bunday sharafga muyassar bo’lganingdan xursand bo’lsa kerak… Aytgancha, otang kim o’zi?

— General.

* * *

Erkak do’stlaridan biriga dedi:

— Kecha Mo’minjon bilan rosa olibmiz. Uni ko’tarib uyiga olib bordim-da, xotini bilib qolmasin deb sekingina karavotiga yotqizib qo’ydim. Ertasiga bilsam, Mo’min uch kundan beri safarda ekan.

* * *

— Eshitdingmi, Maysara tuqqanmish!?

— Albatta eshitdim. Uyimning derazasi tug’ruqxonaga qaragan-ku!

* * *

— Allo, bu jinnixonami?

— Ha.

— Mashinamni o’g’irlab ketishdi. O’g’rini topishga yordam bering!

— Siz militsiyaga murojaat eting!

— Bilasizmi, mashinam «Zaporojes» edi. 1970 yilda ishlab chiqarilgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi